MUNOSABAT (Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi)
5 qavatli 30 xonadonli 2 ta uy "Yusuf xos Hojib" MCHJ va "Fozilbek plast" MCHJ lar tomonidan 2021-yil mart oyida foydalanishga topshirilgan. Foydalanish davomida tarnovlarga shikast yetkazilishi natijasida yogʻingarchilikda bino nishab yo'lkasi (otmostkasi) tagiga suv oqib kirgani natijasida beton qismlarida choʻkish va yoriqlar paydo boʻlgan.
Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat oʻrganib chiqilganda yertoʻla qismiga suv sizib kirgani, bino poydevori va devorlarida choʻkish hamda yorilish holatlari kuzatilmadi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha pudratchi tashkilotlarga tegishli koʻrsatma berildi.