MUNOSABAT (Qarshi shahri Roguzar mahallasi Quruvchilar ko’chasi 5-uyning yon tomonidagi qurilish ishlaridan norozi bo'lib qilingan)
Qarshi shahri Roguzar mahallasi Quruvchilar ko’chasi 5-uyning yon tomonidagi qurilish ishlaridan norozi bo'lib qilingan murojaat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:
O'rganish natijalariga ko'ra mazkur hududning Bosh rejasi bo'yicha obyekt joylashgan hududda ko'p qavatli turar va noturar joy binolari qurilishi rejalashtirilganligi aniqlandi. Shuningdek, obyekt qurilishi uchun zarur bo'lgan Shaharsozlik hujjatlari tegishli tartibda amalga oshirilgan.
Biroq mazkur hududda joylashgan 5-uy egasi murojaatchi va obyekt quruvchisi o'rtasida kompensatsiya masalasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelayotganligi bois "Uy-joy kodeksi"ning 140-moddasi (Uy-joyga oid nizolar sud tartibida hal etiladi)ga ko'ra sud organlariga murojaat etilishi maqsadga muvofiqligi fuqaroga tushuntirildi.