UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT (Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qiladi)

 Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Olmazor tumani Kichik xalqa avtomobil yo’li ko’chasi 5a-uy manzilda joylashgan “FUTURE UNIVERSE DEVELOPMENT” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: 

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Olmazor tumani filiali tomonidan 2023-yil fevralda Olmazor tumani ''Miskin'' MFY KXAY ko’chasi 5a-uy manzilidagi noturar bino dalolatnomaga asosan yuridik shaxs “FUTURE UNIVERSE DEVELOPMENT” MCHJ nomiga o‘tkazilgan.

2023-yil 28-aprelda obyekt uchun Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan va “SPECIAL PROJECT” MCHJ  loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan. 

Hududiy yong’inga qarshi nazorat xizmati va Hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmatining ijobiy xulosalarini inobatga olib, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 27-iyunda xulosasi berilgan. 

Monitoringlar jarayonida ushbu tadbirkorlik subyekti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga zid ravishda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan o’zboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat bo’yicha hududiy inspeksiya tomonidan 2023-yil oktabr oyida “Qisqa muddatli tekshiruv o’tkazish haqida” xabarnoma yuborilgan hamda tegishli tartibda qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatilishi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, “FUTURE UNIVERSE DEVELOPMENT” MCHJ rahbari B.Kasimov hududiy inspeksiyadan ro’yxatdan o’tgunga qadar barcha qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatishi haqida kafolat xati olingan. Xususan, 2023-yil 13-oktabrda Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish Toshkent shahar Olmazor tumani hududiy ishchi guruhi komissiyasi raisiga va Olmazor tuman Prokuraturasiga amaliy chora ko’rish to’g’risida taqdimnoma yuborilgan.