MUNOSABAT (Turar-joy binosi qurilishida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi haqidagi xabar)
Buxoro shahri "Namozgoh" koʻchasida “Diyorbek Mega Stroy Kom” MCHJ tomonidan qurilayotgan 2 ta 8 qavatli turar-joy binosi qurilishida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi haqidagi xabar Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyida o‘rganib chiqilgan.
Obyektda hudud inspektori tomonidan doimiy monitoringlar oʻtkazilgan. Navbatdagi o'rganish jarayonida esa ishlayotgan quruvchilarga mutaxassislar tomonidan texnika xavfsizligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilgan hamda yozma koʻrsatmalar berilgan.