UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Ma'naviyat va ma'rifat

Muqaddasdir Vatan bayrog'i

Kuni kecha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi hamda   “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi birgalikda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etishdi.

Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova mehmon sifatida ishtirok etdi.

Dastlab davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Rahimov hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK direktor o‘rinbosari Sherzod Ziyoyevlar so‘zga chiqib, mazkur tadbir mohiyati haqida tushuncha berishdi.

O‘zbekistonning davlat bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. O‘zbekiston timsoli hisoblangan bayrog‘imiz xalqning asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, o‘zligimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan”, – deya taʼkidladi Sh.Ziyoyev.
     
Shundan so‘ng Saida Rametova yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda, dunyoga tanilishida har bir o‘g‘il-qiz o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi haqida so‘z yuritdi. 

Biz ham o‘z o‘rnida chet davlatlarga chiqib sanʼatimiz bilan yurtimizni dunyoga tanilishiga oz bo‘lsada hissamizni qo‘shganimizdan faxrlanamiz. Mana bugungi kunda qanchadan-qancha sayyohlar meʼmoriy yodgorliklarimizni tomosha qilish uchun yurtimizga tashrif buyurishmoqda. Sizlarning orangizdan ham dunyoga mashhur meʼmorlar, loyihachilar chiqishiga ishonaman, buning uchun esa ko‘proq izlanish, o‘qish va o‘z ustida mehnat qilish talab etiladi”, – deya o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi S.Rametova.

Tadbir yakunida mehmonlar boshqarmaga taklif etilganligidan mamnunligini taʼkidlab, kelgusida bunday tadbirlar ko‘proq o‘tkazilishi lozimligini bildirishdi.