UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

E'lonlar

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Siz azizlarni, mamlakatimiz uchun eng ulugʻ va aziz ayyom — Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Keyingi yillarda  muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida ulkan qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, soʻnggi sakkiz yilda erishilgan yutuqlar yangi taraqqiyot bosqichiga zamin yaratdi.

 Bu davrda yurtimizda 31 million kvadrat metrdan ortiq turar joy, yaʼni qariyb 12 mingta koʻp qavatli uy-joylar barpo etilgani tarixiy qadam boʻldi. Faqat joriy yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda yana 130 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar barpo etilib, yurtdoshlarimizga topshiriladi.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, tabiatga mehrli munosabat orqali kelajak avlodlarga unumdor yer, zilol suv va musaffo havo qoldirish muqaddas burchimizdir. Shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil davom ettirilmoqda. 2030-yilgacha butun dunyoda qoʻllanayotgan “yashil shahar” standartlari asosida barcha shaharlarimizda yashillik darajasi 30 foizga yetkazish borasida aniq maqsadlar qoʻyilgan.

Shu bilan birga “master rejalar” asosida har bir qishloq va mahallaga shahar infratuzilmasi qulayliklarini olib kirish, kichik shaharlarni zamonaviy yoʻnalishda rivojlantirish orqali xalqimiz turmush darajasi yanada yuksaladi.

Bugungi ulugʻ bayram “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” gʻoyasi ostida nishonlanayotgani ham bejiz emas. Zero, barcha bunyodkorlik ishlarimiz, saʼy-harakatlarimiz avvalo, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.

Shu qutlugʻ ayyomda siz azizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

 Hurmat bilan
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri  SH. Hidoyatov