UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Maslahat-Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Namangan viloyati markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻida  63-xalqaro “Gullar festivali” bo'lib o'tdi

Namangan viloyati markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻida  63-xalqaro “Gullar festivali” bo'lib o'tdi. 

Festivalning asosiy tadbirlari bayramona bezatilgan avtoparad bilan boshlandi. Anjuman haqidagi xushxabar bois bayram mehmonlari safi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki  xorijdan tashrif buyurgan insonlar bilan yanada kengaydi. Shuningdek, unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi va viloyat Qurilish bosh boshqarmasining xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi. Madaniyat va istirohat bogʻi maftunkor manzaralar, sermazmun tomoshalarni oʻzida mujassam etib, barchaga zavq ulashdi.