Namanganda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Shu kunlarda vazirlik mutasaddilari joylarda bo‘lib, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlikni ko‘zdan kechirishmoqda. Vazirlik, hududiy boshqarma hamda tuman hokimligi mutasaddilaridan iborat ishchi guruh Namangan viloyatining Uychi tumanida ham bo‘lishdi.
Bugungi kunda tumanda 86 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Ularga "Invest sanoat - 2020" BSK tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Ishchi guruhi tumanda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan Beruniy mahallasida ham bo‘lib, aholi vakillari bilan muloqot qildi. Ko‘zga tashlangan bir qator kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Xususan, uylarning tom qismi hamda kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, yangi eshiklar, zamonaviy yoritish chiroqlarini o‘rnatish, bolalar maydonlarini bunyod etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.