UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Navoiy shahar "Bunyodkor" MFY hududida qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida nazorat tadbiri o'tkazildi.

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi  "Sputnik Avto Servis" MCHJ tomonidan Navoiy shahar "Bunyodkor" MFY hududida qurilayotgan  ko’p qavatli  turar-joy binosida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

Buyurtmachining texnik nazoratchisi monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi sababli quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • obyektga sifatsiz  temirbeton plitalar  qabul qilingan hamda  montaj qilingan;
  • ijro hujjatlari,  jumladan, umumiy ishlar va beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan;
  • beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi  orqali ko‘rsatmalar berildi hamda  sifatsiz bajarilgan temir beton plitalar inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qildirildi.