Navoiy shahrida eksperiment tariqasida majburiy badal toʻlovlari elektr energiyasiga integratsiya qilinishi nazarda tutilmoqda
2023-09-15
Majburiy badal - oʻz nomi bilan majburiy. Ammo ayrim aholida toʻlov madaniyatining yetishmasligi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shu ma’noda “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida joriy yilning 1-oktabridan Navoiy shahrida eksperiment tariqasida majburiy badal toʻlovlari elektr energiyasiga integratsiya qilinishi nazarda tutilmoqda.