UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Karmana tumani qurilayotgan ko’p qavatli turar joy binosini qurish obyektida  nazorat tadbiri o'tkazildi

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Karmana tumani "Ko'hna Qo’rg’on" MFY hududida buyurtmachi “Navoiy Me’mor” MCHJ  tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar joy binosini qurish obyektida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

Buyurtmachining texnik nazoratchisi monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • obyektdagi beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi;
  • yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari to’liq rasmiylashtirilmagan;
  •  ijro hujjatlari, jumladan, umumiy ishlar, beton ishlari, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan. 

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va  loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari vaqtinchalik inspeksiya xodimlari tomonidan to'xtatildi.