Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan maktab binosi qurilishida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi
Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida 660 o’ringa mo’ljallangan maktab binosi qurilishida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektda monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan;
- sport zali, oshxona hamda o‘quv binosining pol qismini namlikdan himoyalovchi izolyatsiya ishlari bajarilmasdan keyingi ish turlari amalga oshirilgan;
- o‘quv binolarining deraza romlarini o'rnatish ishlarida bir tekislik ta'minlanmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas’ul shaxslariga ijrosi majburiy bo’lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.