Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektida monitoring ishlari o'tkazildi
Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi "Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati" IK tomonidan Navoiy shahar Ibn Sino ko'chasi hududida K-38 va K-76 issiqlik uzellari oralig'idagi 500 mmli boruvchi va qaytuvchi issiqlik tarmog'ini mukammal ta'mirlash obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.
Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- montaj qilingan metal quvurlarning gidravlik sinov dalolatnomasi taqdim etilmadi;
- obyekt qurilish-montaj ishlarida xavfsizlik texnikasiga rioya etilmagan ya'ni ogohlantiruvchi lentalar hamda belgilar o'rnatilmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot elektron tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi, qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.,