UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi  “Humo-Zilola barhayot” boshqaruv servis kompaniyasi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi aholi farovonligi, turmush darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu esa koʻp jihatdan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Boshqaruv servis kompaniyalari- koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasining yangi, zamonaviy shakli. Sifatli xizmat taqdim qilish yoʻlida tinim bilmayotgan boshqaruv tashkilotlari esa sohani yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi  “Humo-Zilola barhayot” boshqaruv servis kompaniyasi bugungi kunda 121 ta koʻp qavatli uyga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda. Kompaniya boy moddiy texnika bazasi, 40ga yaqin qoʻshimcha servis xizmatlari, tun-u kun faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochayotgani, asosiysi, aholi muammolari bilan izchil ishlayotgani tufayli kommunal xizmat koʻrsatish bozorida mustahkam oʻrin egallab kelmoqda.