Noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda
Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda.
Jarayonda Samarqand shahri "Nurafshon” MFY hududida fuqaro M.Berdiyev tomonidan yozgi sahnalar va kinoteatr binosi qurilishi hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirayotgani aniqlandi.
Ushbu qonun buzilish holati yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli ko‘rsatma berildi, qoidabuzarlik bartaraf etilib, inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko'rsatma taqdim etildi.