NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga "Navoiy innovatsion kommunal servis" BSKga qarashli bo‘lgan Navoiy shahri "Faravon" MFY Mahmud Tarobiy ko‘chasi 42-uyning 5-qavatida fuqaro tomonidan liftga kirish yo‘lagi noqonuniy tarzda yopib olinganligi haqida murojaat kelib tushdi. Vaziyat joyiga borib o'rganilganida murojaatdagi vajlar o'z tasdig'ini topdi hamda noqonuniy qurilma mutasaddilar ishtirokida bartaraf etildi.
Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, joriy yil boshidan buyon inspeksiyaga noqonuniy qurilmalar yuzasidan 20 ta murojaat kelib tushgan va huquqbuzarlik holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarima jazosi qo‘llanilgan.