UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

NOQONUNIY QURILMALARGA QARSHI REYD

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi xodimlari, Ko'p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi hamda mas'ul BSK vakillari Sirdaryo tumani "Tinchlik" mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylarga tutash hududlarning fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan o'rab olinishi, ko'p qavatli uylarning tashqi tomonidan eshik ochib olinishi hamda noqonuniy qurilmalar qurilishi singari qoidabuzarlik holatlari yuzasidan o'rganish ishlarini olib borishdi.

Monitoring tadbiri davomida jami 16 ta ko'p qavatli uylar holati o'rganilib, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:   
• 17 ta holatda noqonuniy ravishda ko'p qavatli uyning tashqi qismi hamda tutash hududlarida eshik ochib olingan;
• 15 ta holatda o'zboshimchalik bilan hudud o'rab olingan (hovliga aylantirilgan);
• 3 ta holatda tutash hududda noqonuniy ravishda xojatxona qurilgan. 

Shu bilan birga inspeksiya tomonidan fuqarolarga noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, 9 nafar mulkdorga ogohlantirish xati berildi.