UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

O‘zbekiston aholi punktlari qanday tasniflanadi?

O‘zbekiston aholi punktlari qanday tasniflanadi?

Shaharsozlik kodeksiga ko‘ra, mamlakatimizdagi har bir aholi punkti — o‘z hajmi, aholisi soni va rivojlanish darajasiga qarab aniq toifalarga ajratiladi.

 Shaharlar — aholi soniga ko‘ra:
 • eng yirik — 1 milliondan ortiq kishi (masalan, Toshkent);
 • yirik — 250 mingdan 1 milliongacha;
 • katta — 100 mingdan 250 minggacha;
 • o‘rtacha — 50 mingdan 100 minggacha;
 • kichik — 50 minggacha aholiga ega shaharlar.

Shaharchalar esa:
 • katta — 20 mingdan ortiq;
 • o‘rtacha — 10 mingdan 20 minggacha;
 • kichik — 10 minggacha aholiga ega bo‘ladi.

 Qishloqlar va ovullar:
 • yirik — 5 mingdan ortiq;
 • katta — 3 mingdan 5 minggacha;
 • o‘rtacha — 1 mingdan 3 minggacha;
 • kichik — 1 minggacha aholiga ega manzillar sifatida belgilanadi.

Bunday tasniflash hududni rejalashtirish, infratuzilma qurish, transport, ijtimoiy xizmatlar va investitsiya loyihalarini to‘g‘ri yo‘naltirishda asosiy mezon hisoblanadi.

 Shu bois yangi aholi punktlarini tashkil etish yoki mavjudlarini kengaytirish uzoq muddatli hududiy rivojlanish prognozlari va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.