UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Ma'naviyat va ma'rifat

O‘zbekiston — bunyodkorlik va yangilanish markaziga aylanmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, bunyodkorlik tashabbuslari xalqimiz uchun bayramona tuhfa bo‘lmoqda. Bugun yangi o‘quv yili munosabati bilan maktablar foydalanishga topshirilayotgani, yoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlar — Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida muhim qadamlardandir.

“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachiligida Buxoro viloyatining turli hududlarida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Buxoro tumani “Sheyxoncha” mahallasida 540 o‘rinli 17-maktab mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Endilikda bu maskan o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Peshku tumanining “Susana” mahallasida joylashgan 40-maktabda 180 o‘rinli yangi bino barpo etildi, 270 o‘rinli mavjud maktab esa to‘liq rekonstruksiya qilindi. Shu tariqa o‘quvchilarimiz uchun keng va zamonaviy maktab muhiti yaratildi.

Peshku tumanining “Zandane” mahallasidagi 35-maktabda ham 180 o‘rinli yangi bino qurilib, farzandlarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

Yangi maktablarning foydalanishga topshirilishi — farzandlarimiz kelajagiga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, yoshlarga munosib ta’lim olish sharoitini yaratishga bo‘lgan e’tiborning yaqqol ifodasidir. Ayniqsa, mustaqillik bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimiz qalbida bayram shukuhini yanada yuksaltirmoqda.