Obshir mahallasida qator obyektlar foydalanishga topshirildi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasida 348 ta xonadonda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ichki yo‘llarning 2 km qismiga asfalt yotqizildi, 15 km yo‘l shag‘allandi, 2 km piyodalar yo‘lakchasi qurildi. Yangilangan yo‘llarning bir qismida uzum voishlari tashkil etildi. 21 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, yillar davomida aholini qiynab kelgan ichimlik suvi muammosi hal etildi. Mahalladagi 5 ta transformator ta’mirlandi, 100 ga yaqin temir-beton ustunlar o‘rnatilib, 5 km elektr havo tarmog‘i tortildi va 50 ta xonadonga maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi.
Mahallada 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga yangidan zamonaviy mahalla idorasi va “Obshir” tibbiyot punkti binosi qurildi. Hududdagi ta’mirtalab holga kelib qolgan 21-sonli umumta’lim maktabi to‘liq kapital ta’mirlandi.