UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Obyekt nazoratga olingan

YouTube kanalida “Qonun doirasida” loyihasida e'lon qilingan videomurojaat boʻyicha Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Urganch shahar qurilish boʻlimining 2022-yil 4-iyuldagi ruxsatnomasiga asosan 3 qavatli oʻquv markazi obyektini loyihalashitirish uchun viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-iyulda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.

Obyektning loyihasi “Sanʼat asri” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilib, loyiha hujjatlarini loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha  arxitektura shaharsozlik kengashi xulosasi 2022-yil 25-avgustda olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori 5-ilovasiga asosan fuqaro B.Babajanova tomonidan davlat xizmatlar markazi orqali hududiy inspeksiyaga qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida 2022-yil 16-sentabrda ariza bilan xabarnoma yuborilgan hamda obyekt hududiy inspeksiya tomonidan 2022-yil 17-sentabrda roʻyxatga olingan.

Qurilish obyektini hududiy inspeksiyadan roʻxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorida koʻrsatilgan soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari asos hisoblanadi.