UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Ogohlantirish berildi

Uchtepa tumani 14-mavzedagi 1-uyning birinchi qavatidagi dorixona ayvonining tom qismi metal qoplamalar bilan qoplangani natijasida 2-qavatda yashovchilarga noqulaylik tug‘ilayotgani, ayniqsa issiq kunlarda metal qoplamadan chiqayotgan issiqlik sabab derazalarni ochib bo‘lmayotgani yuzasidan qilingan shikoyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘rganilgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan mulkdorga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, mulkdorga noqonuniy qurilmalarni o‘n besh kun ichida bartaraf etish bo‘yicha  ogohlantirish berilgan.