Ohangaron shahrida bir necha mahalla binolari foydalanishga topshirildi
Dastlab mehmonlar “Boʻston” MFY binosi ochilish marosimida boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, mazkur hududda “CLEAR KIDS” nomli 100 dan ortiq tarbiyalanuvchilarni bagʻriga olgan oilaviy bogʻchaning ochilish marosimi ham boʻldi.
Shundan soʻng qariyb 523 mln soʻm mablagʻ evaziga qad rostlab, zamonaviy qiyofa kasb etgan "Baxt” MFY binosining ramziy kalitlari ham mahalla ahliga topshirildi. Mazkur tadbirda shahar sektor rahbarlari, masʼullar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ular u yerdagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Shu kuni ''Mustaqillik'' mahalla ahli uchun ham quvonchli kun boʻldi. Mahalla binosining aholiga topshirilishi, ulugʻ ayyom kunlarida yana bir tuhfa boʻldi.