Onlayn
“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan “Bosh rejalarning buguni va kelajagi. Rivojlanishdagi yangi yondashuvlar” mavzusidagi seminar o’z ishini boshladi.
Uch sessiyadan iborat seminarda shaharsozlikni rivojlantirish va bosh rejalarni ishlab chiqishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlarini ko`rib chiqish rejalashtirilgan.
Yangi O’zbekiston sheriklik haftaligi doirasidagi xalqaro seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Davron Adilov, Buyuk Britaniyaning “Benoy” kompaniyasi ijrochi direktori Djon Dous, Niderlandiyaning shaharsozlik boʻyicha mutaxassisi — Jahon banki maslahatchisi Bart Muskens hamda Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov spikerlar sifatida ishtirok etmoqdalar.
“Mamlakatimizda o‘tgan 6 yil davomida shahar va qishloq aholi punktlari bo‘yicha jami 1 370 ta shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida jami 1944 ta ahvoli og‘ir mahallaraning bosh reja sxemalari ishlab chiqildi.
Joriy yilda yana 225 ta shaharsozlik hujjatlari, jumladan, 11 ta shahar va 50 ta shaharchalar bosh rejalari, 42 ta hududlarning master rejalari hamda 122 ta qishloqlarning bosh rejalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, respublikada birinchi marotaba joylashtirishning bosh sxemalarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.Ushbu masalada bosh sxemalarni ishlab chiqish bo‘yicha malakali va tajribali kadrlarga talab mavjud. Shu sababli shaharsozlik sohasida faoliyat yuritgan xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni maslahatchi sifatida bosh loyiha institutlariga jalb qilib kelmoqdamiz”.
Buyuk Britaniyaning “Benoy” kompaniyasi ijrochi direktori Djon Dous “Bosh rejalarni ishlab chiqishda muvaffaqiyatli va notoʻgʻri qarorlar” mavzusidagi taqdimoti barcha yigʻilganlarning qiziqishiga sabab boʻlmoqda. Xalqaro tajribaga ega mutaxassis shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, bosh rejalarni loyihalashtirishdagi zamon bilan bogʻliq talablar, bu boradagi xorijiy keyslarning qiyosiy tahlili, natijadorlik koʻrsatkichlarga toʻxtalib oʻtmoqda.