UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

ONLAYN

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida bo’lib o’tayotgan “Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan qiyofasi” nomli xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, Janubiy Koreyaning “DL E&C” kompaniyasi vitse-prezidenti Jang Minsu, “Murad buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov hamda bir qator soha mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.

Tadbir avvalida so’zga chiqqan moderator – jurnalistika va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Fred Xarrison qurilish sohasining har qaysi mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati xususida alohida to’xtaldi:

“Mazkur sohaning rivojlanishi eng avvalo, mamlakat ijtimoiy hayot darajasining o‘sishiga zamin yaratadi. O‘zbekistonning so’nggi yillarda rivojlanish ko’rsatkichlariga befarq bo`lmagan inson sifatida ta’kidlaymanki, bugun mamlakatingizda qurilish sohasi chin ma’noda shaffof va oshkora, jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan va sifat har qachongidan ustun darajaga chiqqan. Buni shaharda qad rostlayotgan betakror arxitektura namunalari misolida ko‘rishimiz mumkin”.