UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida qirgʻizistonlik delegatlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Tashrifdan maqsad - vazirlikning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, xususan, undagi platformalarning faoliyatini oʻrganish, tizimning afzalliklari hamda muhandislik tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat.  

Muloqot davomida “Shaffof qurilish” MAT  davlat tizimlarining raqamlashishi asosida shakllantirilgani, bugungi kunda loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan mazkur tizimga katta qiziqish bildirilayotgani taʼkidlandi. Shu bilan birga tizimdagi inson omilisiz elektron reyting va  tender platformalarining nuqsonsiz ishlashi, tizimni takomillashtirish, pudrat va loyiha sohalari yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarining talab va takliflarini eshitish maqsadida xududlarga chiqilganligi taʼkidlandi.

Qirgʻiziston delegatsiyasi vakillari tomonidan elektron tizimning yuqori saviyada ishlanganligini, ushbu tizimdan pudrat va loyiha bozorini rivojlantirishda bozor prinsiplari asosida unumli foydalish uchun imkoniyat katta ekanligi aytib oʻtildi.
Oʻz oʻrnida mehmonlar Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining ish rejimi, tizimning yaratilishi va undan foydalanish jarayoni bilan tanishdilar.