UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida qirg'izistonlik delegatlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Tashrifdan maqsad - vazirlikning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, xususan, undagi platformalarning faoliyatini o'rganish, tizimning afzalliklari hamda muhandislik tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat.  

Muloqot davomida “Shaffof qurilish” MAT davlat tizimlarining raqamlashishi asosida shakllantirilgani, bugungi kunda loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan mazkur tizimga katta qiziqish bildirilayotgani taʼkidlandi. Shu bilan birga tizimdagi inson omilisiz elektron reyting va  tender platformalarining nuqsonsiz ishlashi, tizimni takomillashtirish, pudrat va loyiha sohalari yo'nalishidagi tadbirkorlik subʼektlarining talab va takliflarini eshitish maqsadida xududlarga chiqilganligi taʼkidlandi.

Qirg'iziston delegasiyasi vakillari tomonidan elektron tizimning yuqori saviyada ishlanganligini, ushbu tizimdan pudrat va loyiha bozorini rivojlantirishda bozor prinsiplari asosida unumli foydalish uchun imkoniyat katta ekanligi aytib o'tildi.
O'z o'rnida mehmonlar Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining ish rejimi, tizimning yaratilishi va undan foydalanish jarayoni bilan tanishdilar.