UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

 Oʻzbekistondagi qurilishlarnining chorak qismi norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi

 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektor tomonidan 46,7 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning yanvar—avgust oylariga nisbatan 11 % ga oshdi.

 Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi. 

 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar—avgust):

2021-yil — 12,5 trln so‘m

2022-yil — 13,9 trln so‘m

2023-yil — 16,2 trln so‘m

2024-yil — 39,3 trln so‘m

2025-yil — 46,7 trln so‘m