UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Ozoda Jo‘rayeva boshchiligidagi mas’ullar Janubiy Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Koreya issiqlik ta'minoti korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdilar

 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligidagi mas’ullar Janubiy Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Koreya issiqlik ta'minoti korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik - o‘zaro hurmat hamda umumiy manfaatlar asosida barpo etilgan strategik sheriklikni ifodalaydi. 

- Bugungi kunda mamlakatlarimiz o’rtasida issiqlik ta’minoti sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilib bormoqda. Koreya Markazlashgan issiqlik ta’minoti energiyani boshqarish bo‘yicha issiqlik ta’minoti sohasida dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shu bois vazirligimiz Koreya Respublikasining sohadagi ilg‘or texnologiyalarini joriy etish orqali ma’nan eskirgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishdan manfaatdor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Uchrashuvda shuningdek,  IDISIF kredit liniyasidan foydalangan holda qo‘shma issiqlik ta’minoti loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Bunda tezkorlik va sifatga amal qilish, aholi uchun issiqlik ta’minoti tizimini barqaror ishlashini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi. 

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston issiqlik tizimining jihatlari bir-biriga o‘xshash. Shu ma’noda ta’kidlash lozimki, o‘zaro hamkorlik qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri – Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish va shu asnoda respublika issiqlik ta’minoti tizimiga joriy etishdan iborat. Shuningdek, soha mutaxassislari malakasini oshirish, bunda o‘zaro tajriba almashish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tomonlar mazkur jihatlar yuzasidan ham chuqur mulohaza olib bordilar. Tadbir yakunida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.