Ozoda Jo’rayeva Jizzax shahridagi “Ittifoq istiqlol sari” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ham o’rgandi
Ozoda Jo’rayeva Jizzax shahridagi “Ittifoq istiqlol sari” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ham o’rgandi.
“Ittifoq” mahallasi hududidagi 66 ta koʻp kvartirali uyga xizmat ko‘rsatib kelayotgan kompaniyada 15 nafar ishchi-xodim xizmat ko’rsatadi.
Ozoda Jo’rayeva aholining bugungi talablaridan kelib chiqib, boshqaruv tizimiga zamonaviy yondashuvlarni qoʻllash lozimligiga urg’u berdi. Jumladan, 24/7 ish rejimida ishlovchi dispetcherlik xizmati, toʻlovlar qabul qilishni raqamlashtirish va murojaatlar bilan ishlashda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.
Shu bilan birga boshqaruv organi faoliyatida uchrayotgan muammolar yechimi bo’yicha fikr almashildi.
Bugungi kunda ushbu hududdagi 32 ta ko'p kvartirali uyning fasad qismlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Vazir o’rinbosari ana shu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ushbu bunyodkorlik ishlari yakuniga yetgach, uylarning tashqi ko‘rinishi yanada chiroy ochib, aholiga qulay, zamonaviy va estetik jihatdan jozibador yashash muhiti yaratilishi qayd etildi.