UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Ozoda Jo’rayeva Jizzaxda

Ayni damda vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva Jizzax viloyati Jizzax shahrida boʻlib, ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. 

Vazir o’rinbosariga Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov hamrohlik qilmoqda.

Jumladan, mutasaddilar ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, favqulodda vaziyatlarga puxta tayyorgarlik ko’rish, boshqaruv organlarida kuchaytirilgan ish tartibini tashkil etish masalalarini muhokam qildilar.
 
- Kuz-qish mavsumi hududlarda tayyorgarlik ishlari qanday olib borilganligini ko’rsatadigan davr. Kommunal soha shunisi bilan murakkabki, unda kamchilikka yoʻl qo’yilsa, darhol yuzaga chiqadi. Eng muhimi, bu aholi turmush sifatiga salbiy ta’sir o’tkazadi, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganish ishlari davom etmoqda.