UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

"Paxtakor"MFY hududida buyurtmachi "Jizzaxsuvqurilishinvest" DM tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi asosiy tarmoqni rekonstruksiya qilish obyektida nazorat tadbiri o'tkazildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani "Paxtakor" MFY hududida  buyurtmachi "Jizzaxsuvqurilishinvest" DM tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi asosiy tarmoqni rekonstruksiya qilish obyektida nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • obyektda handaq qazish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;
  • keltirilgan qurilish materiallarining sifat sertifikatlari taqdim etilmadi;
  • bajarilgan ish turlari bo'yicha yopiq ishlar dalolatnomasi taqdim qilinmadi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatma berildi, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish ishlari to'xtatildi.