Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan boshqaruv tashkilotlari uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” direktori N.Jumaniyozov ham boshqa mutasaddilari ishtirokida viloyatda faoliyat yuritayotgan boshqaruv tashkilotlari uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqaruv tashkilotlarining debitorlik qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar va ularni yechimi bo‘yicha bir nechta amaliy takliflar berildi. Shuningdek, boshqaruv organlariga buxgalteriya hisobotlarini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Seminar ishtirokchilariga ko‘p qavatli uylarning elektron pasportini ishlab chiqish va ularni ta’mirlashni rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yangi elektron dastur bo‘yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi.