UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qashqadaryoda yangi shahar loyihasi ko‘rib chiqildi

Kuni kecha “O‘zshaharsozlik LITI” DM rahbari Bobur Elmurodov Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida hokim Fayzulla Yusupov va boshqa mas'ullar bilan birga yangi shahar loyihasini muhokama qilishdi.

Loyihaga ko‘ra Chiroqchining “Iftixor”, “Yangiqurilish”, “Bog‘ishamol” va “Navoiy” mahallalaridagi 103 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” massivi joylashgan zamonaviy infratuzilmaga ega yangi shahar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Muhokama jarayonida arxitektura yechimlari, infratuzilma obyektlari, ekologik yondashuv va milliy me’moriy uslublarni uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zshaharsozlik LITI” DM jamoasi tomonidan loyiha ishlab chiqish jarayonida zamonaviy shaharsozlik tamoyillari, ekologik barqarorlik va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosiy yo‘nalish sifatida belgilanmoqda.