UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

QIZIQISHLARNI BILDIRISH SO‘ROVNOMASIGA TAKLIF

QIZIQISHLARNI BILDIRISH SO‘ROVNOMASIGA TAKLIF

 

(“KO‘MIR YOQILG‘ISIDA KOGENERATSIYA TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH ” DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK SHARTLARI ASOSIDA LOYIHANI AMALGA OSHIRISH )

 

               2023-yil 5-may

 

Loyiha nomi: O‘zbekiston Respublikasi shaharlarida davlat-xususiy sheriklik asosida “ Ko‘mir yoqilg‘isida kogeneratsiya texnologiyasini joriy etish ” (ro‘yxat ilova qilinadi).

  1. O‘zbekiston Respublikasida issiqlik energetikasi sohasida, xususan, Andijon, Farg‘ona, Nukus, Urganch, Uchquduq, Zarafshon, Qo‘qon, Jizzax, Chirchiq va Quvasoy shaharlarida “Ko‘mir yoqilg‘isida kogeneratsiya texnologiyasini joriy etish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
  2. Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Energetika vazirligi (“Buyurtmachi”) salohiyatli ishtirokchilarni Andijon, Farg‘ona, Nukus, Urganch, Uchquduq, Zarafshon, Qo‘qon, Jizzax, Chirchiq va Quvasoy shaharlarida davlat-xususiy sheriklik asosida “Ko‘mir yoqilg‘isida kogeneratsiya texnologiyasini joriy etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirish so‘rovnomasiga taklif etadi.
  3. Manfaatdor ishtirokchilar o‘zlari to‘g‘risida toʻliq maʼlumot (kompaniya profili, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar, uskunalarni yetkazib berish va qurish shartlarini hisobga olgan holda tijorat takliflarini taqdim etish, shuningdek, sheriklik asosida ulushli ishtirok etish) taqdim etishlari shart. Zaruriy malaka va tegishli tajribani aks ettiruvchi portfolio, jumladan: - issiqlik energetikasi sohasida kamida 10 MVt quvvatga ega loyihalarni, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish tajribasi; DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirish tajribasi; - so‘nggi 5 yil davomida ushbu yo‘nalishdagi moliyaviy resurslarning o‘rtacha yillik aylanmasining minimal hajmi kamida 10,0 million AQSH dollarini tashkil etishi kerak; - oxirgi besh (5) yil ichida muvaffaqiyatli yakunlangan kamida bitta shartnomada ishtirok etish; - Quyidagi asosiy faoliyat bo'yicha tajriba: kogeneratsiya bloklarini loyihalash, o‘rnatish, issiqlik elektr stansiyalarini o'rnatish va ishga tushirish, ushbu sohada DXSh loyihalarini amalga oshirish.
  4. Qoʻshimcha maʼlumot olish va loyiha bilan tanishish uchun ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Issiqlik taʼminoti va investitsiyalar boshqarmasi, Aziz Erkaboev) ga murojaat qilishlari mumkin. Manzil: Toshkent sh., Abay ko‘chasi, 6-uy. Pochta indeksi: 100027. Telefon: +998 71 210 11 04 (1402). e-mail: a.erkaboev@mjko.uz.
  5. Qiziqish bildirishnomalari ko‘rsatilgan pochta/elektron pochta manzillariga 2023-yilning 31-avgustdan kechiktirmay (muddat) topshirilishi kerak.

 

 

Shahar va tumanlar issiqlik ta’minotini ko‘mirda ishlaydigan kogeneratsiya texnologiyalari joriy etgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari ro‘yxati

 

 

Shahar yoki tuman

Qozonxona nomi

O‘rnatiladigan quvvat

Zarur mablag‘lar,

mln.dollarda*

Isitish quvvati

MVt

Elektr

MVt

DXSh

 

Jami

 

548,4

230,3

604,5

1.

Massiv

«Yangi Andijon»

Yangi qurilish

53,4

21,4

56,1

2.

Massiv

«Eko Farg‘ona»

Yangi qurilish

77,5

31,0

81,4

3.

Nukus shahri

RK-1

51,3

20,5

53,8

4.

Urganch shahri

19-kvartal

45,0

18,0

47,2

5.

Uchquduq shahri

Uchquduq

41,3

16,5

43,4

6.

Zarafshon shahri

Zarafshon

92,8

37,1

97,4

7.

Qo‘qon shahri

Yangi qurilish

68,8

27,5

72,2

8.

Andijon shahri

RK -1

35,8

14,3

37,6

9.

Jizzax shahri

RK -1

12,7

5,1

13,4

10.

Chirchiq shahri

Rudakiy

23,0

9,2

24,2

11.8

8-mikrorayon

47,0

18,8

49,4

12.

Quvasoy shahri

RK-2

27,1

10,9

28,5

*Loyihaning aniq qiymati texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.