UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi (Jizzax viloyati Do'stlik tumani  “Chinobod” MFY)

Jizzax viloyati Do'stlik tumani  “Chinobod” MFY “Yangi O‘zbekiston" massivi hududida buyurtmachi "Shaxzoda obod qurilish"  MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada unda  quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  •  binoning 2-qavati parda devorlarida g'isht terish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;
  •  obyektga sifatsiz temir-beton plitalari olib kelingan va foydalanilgan;
  •  ijro hujjatlari,  jumladan, umumiy ishlar, beton ishlari, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan.

 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan g'isht terish ishlari joyida demontaj qildirildi va sifatsiz temir-beton plitalar  obyektdan olib chiqarildi.