Qurilayotgan ko'p qavatli turar-joyda monitoring o'tkazildi (Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi)
Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Farg'ona shahri "Shodiyona" MFY hududida buyurtmachi "Alfraganus" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joyda monitoring o'tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektda monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning "B" o'qi bo'ylab "1-6" o'qlar oralig'ida g'isht terish ishlari hamda temir-beton konstruksiyasini quyish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.
Qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda loyiha talablari asosida qilinmagan g'isht terish ishlari hamda temir beton konstruksiyasi joyida demontaj qildirildi.