Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi “RVF TASHKENT” MChJ tomonidan qurilishi olib borilayotgan bino bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Mirzo Ulug’bek tumani Parkent ko’chasi 251-uy manzilida “RVF TASHKENT” MChJ tomonidan qurilishi olib borilayotgan bino bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
Toshkent shahar hokimining 2016-yil 3-iyundagi qaroriga asosan mazkur manzilda joylashgan mavjud binolarning buzilishi hisobiga o’zlariga tegishli hududda bosqichma-bosqich “Pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi bo’lgan ko’p qavatli turar-joy, maktabgacha ta’lim muassasasi binolarini qurishga ruxsat berish to’g’risida"gi qarori qabul qilingan.
“RVF TASHKENT” MChJ tomonidan II bosqich qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan. Shundan so'ng 2023-yilning 7-martida qisqa muddatli tekshiruv o'tkazilib, aniqlangan huquqbuzuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha yozma ko’rsatma berilgan. Biroq ko'rsatma talablari “RVF TASHKENT” MChJ tomonidan o’z vaqtida bartaraf etilmagan. Bu bo'yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy-javobgarlik qo'llanilgan.
Inspeksiya tomonidan MChJga qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni qisqa muddatda ro’yxatdan o’tkazish yuzasidan xat yuborilgan. Shuningdek, Hukumatning tegishli qaroriga asosan mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etish (buzdirish) bo’yicha Mirzo Ulug’bek tuman hokimligiga 2023-yil 18-mayda tegishli xat yuborilganligi ma’lum qilinadi.