UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruh “Imom al Buxoriy” majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruh, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari ishtirokida “Imom al Buxoriy” majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Dastlab yig‘ilishda majmua hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari holati, ularning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlillar davomida pudrat tashkiloti tomonidan ayrim ish turlarini bajarishda belgilangan me’yor va talablarga to‘liq amal qilinmayotgani, ba’zi yo‘nalishlarda kechikish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati tomonidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ishlarni sifatli va tasdiqlangan grafik asosida tashkil etish, qurilish jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan “Imom al Buxoriy” majmuasi atroflarida barpo etilayotgan zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga mos maishiy xizmat shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlaridagi holat ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha pudratchi tashkilotlarga belgilangan muddatlarda ishlarni sifatli va to‘liq hajmda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.