UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davron Adilov Misr Arab Respublikasining yirik qurilish kompaniyasi "Hassan Allam Holding" direktori Kamal Xazem boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davron Adilov Misr Arab Respublikasining yirik qurilish kompaniyasi "Hassan Allam Holding" direktori Kamal Xazem boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.      

"Hassan Allam Holding" —  muhandislik, qurilish va infratuzilma sohalarida 85 yillik tajribaga ega bo'lgan Misr, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya muhandislik va qurilish, invesitsiyalar sohalariga ixtisoslashgan hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, logistika, ijtimoiy infratuzilma sohasida ham jiddiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuvda "Hassan Allam Holding" kompaniyasi bilan Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi o‘rtasida suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarining optimal tizimini ishlab chiqish va loyihalash yo‘nalishida hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.