UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya va Toshkent viloyati hokimligi vakillari ham qatnashdilar. 

Tanqidiy va muhokamalarga boy bo'lgan tadbirda mutasaddilar tomonidan boshqaruv tashkilotlari oldiga qo'yilgan muhim vazifalar, mavjud kamchiliklarni oldini olish va eng asosiysi xalqning e'tiroziga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan jihatlarga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan galdagi muhim vazifalar belgilab olindi. 

Vazir o'rinbosari boshqaruv tashkilotlari vakillarining sohaga doir muammolarini qabul qildi. Xususan, bank tizimi bilan bog'liq moliyaviy tushunmovchiliklar, kompaniya vakillarining mutasaddi tashkilotlar tomonidan boshqa ishlarga jalb qilinayotgani, suv va issiqlik ta'minoti bilan bog'liq masalalar ochiq-oydin muhokama qilindi. Vazir o'rinbosari barcha keltirilgan holatlarni shaxsan nazorat qilishini ta'kidladi.

Shuningdek, ko'p qavatli uylarning tom, yerto'la, kirish yo'lagi bilan bog'liq muammolarni 10 kun ichida bartaraf etish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan boshqaruv tashkilotlariga aniq topshiriqlar berildi. 

Ma'lumot uchun, Chirchiq shahrida jami 943 ta ko'p qavatli uy mavjud bo'lib, shundan 93 tasi boshqaruvsiz uylar hisoblanadi. Qolgan 850 ta ko'p qavatli uyga 15 ta BSK va 3 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko'rsatib kelinadi.