UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumani Ko'kcha darvoza ko'chasida bo'lib, aholining kommunal sohaga oid muammolarini tingladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumani Ko'kcha darvoza ko'chasida bo'lib, aholining kommunal sohaga oid muammolarini tingladi.  Xususan, ko'p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, tom, yerto'la va kirish yo'laklaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yechimi bo'yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, vazir o'rinbosari uylarning texnik holatini soz saqlashda aholining ham majburiyatlari borligini eslatib o'tdi. Jumladan, majburiy badal to'lovlarini o'z vaqtida to'lash bevosita ish sifatiga ijobiy ta'sir o'tkazishi ta'kidlab o'tildi. Shu bilan birga ko'p qavatli uydagi umumiy mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo'lish uning uzoq vaqt xizmat qilishini ta'minlashi aytib o'tildi. Boshqaruv tashkilotiga aholi orasida mana shunday kommunal madaniyatning eng oddiy ko'nikmalarini targ'ib qilish bo'yicha zarur topshiriqlar berildi.