Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva, Prezident Administratsiyasi hamda hokimlik vakillari poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo'lib, mazkur jarayon o'rganildi
Ta'kidlab kelayotganimizdek, joylarda boshqaruv tashkilotlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva, Prezident Administratsiyasi hamda hokimlik vakillari poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo'lib, mazkur jarayon o'rganildi. Xususan, tumanda faoliyat yurituvchi "Izlanish" boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko'rsatib kelayotgan 58-son harbiy shaharchasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi. Ko'p qavatli uylarning mavsumga texnik tayyorligi, noqonuniy qurilmalar va o'zboshimchalik bilan egallab olingan hududlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlari qay darajada tashkil etilgani ko'rib chiqildi.
Mutasaddilar kompaniyaning hududlarni obodonlashtirish yo'lidagi tashabbuslarini alohida e'tirof etdilar. Jumladan, ko'p qavatli uylarning tutash hududlariga manzarali gullarning ekilayotgani, bu esa aholining kayfiyatiga ijobiy ta'sir o'tkazishi ta'kidlandi.
- Boshqaruv tashkiloti o'zining shaxsiy imzosiga ega bo'lishi kerak. Shunday yondashuv bo'lishi kerakki, hududga kirgan odam u qaysi kompaniyaga tegishli ekanligini bilsin va bu albatta, aholi manfaati uchun xizmat qilsin, - dedi Ozoda Jo'rayeva.