UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivining qurilish jarayoni bilan batafsil tanishdi

Yurtimizning har bir hududida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari xalqimiz ijtimoiy hayotida  ulkan o‘zgarishlar kasb etmoqda, kompleks rivojlanish tamoyili asosida qurilayotgan mazkur shaharchalar timsolida odamlarning vatan ichra vatanlik bo‘lishdek orzulari mujassam.  

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2023-yil 13-apreldagi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida respublika bo‘yicha jami 90 ming 923 ta xonadondan iborat 2012 ta uylar qurilishi belgilab olindi. Shundan 14 ta hududdagi 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 30 ming 639 ta xonadondan iborat 837 ta uy barpo etiladi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida bugungi kun holatiga ko‘ra, 126 ta uy-joy foydalanishga topshirildi. Ya'ni shuncha odam o‘z orzuidagi uyga, manzilga ega bo‘ldi.

Massivlardagi turar-joy va ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari sifati esa doimiy nazoratda. Aholiga har tomonlama qulay va sifatli uy-joylarni o'z vaqtida topshirish maqsadida hududlar bo'ylab muntazam ravishda monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh ayni daqiqalarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivining qurilish jarayoni bilan batafsil tanishdi.