QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRI O'RINBOSARI YOSH XODIMLAR BILAN UCHRASHDI
Yoshlar mamlakatning ertangi kuni egalari hisoblanadi. Shu bois bugungi zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir paytda o'sib kelayotgan yosh avlod bilan hamnafas ishlash va ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish dolzarb masaladir.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o'rinbosari Davronjon Adilov ham yosh xodimlarning sohaga oid muammolari va qiziqishlarini oʻrganish maqsadida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida bo'ldi.
Jarayonda 50 nafarga yaqin yosh ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat qurilib, ularning sohada duch kelayotgan qiyinchiliklari, kelgusidagi rejalari bilan qiziqildi. Albatta, vazir o'rinbosari tomonidan ularning jamiyatda o'z oʻrniga ega boʻlishlari uchun zarur tavsiyalar berildi. Xususan, chet elda malaka oshirish, "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi rivoji bo'yicha bildirilgan takliflar va qayd etilgan boshqa masalalar yechimi mas’ullar bilan muhokama qilindi.
O'ylaymizki, rahbar va yosh xodimlarning bu kabi ochiq muloqotlarini doimiy ravishda tashkil qilish, ularning o'zaro fikr almashib, kelgusida samarali faoliyat yuritishlariga munosib hissa qo'shadi.