UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida bo‘lib turibdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida bo‘lib turibdi. 

Tashrifining birinchi kunida “CHINA CAMC ENGINEERING CO.,LTD.” kompaniyasi bosh direktori "CHINA IPPR INTERNATIONAL ENGINEERING CO.,LTD." boshqaruvi raisi bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Avval xabar berganimizdek, mamlakatimiz qurilish va shaharsozlik sohasida “CHINA CAMC ENGINEERING CO.,LTD.”  kompaniyasi bilan mustahkam aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi qurilishida  ham hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. 

Muzokaralarda dastlab bu borada olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bunda davlat-xususiy sheriklik mexanizmiga asoslangan infratuzilma obyektlarini tashkil etishning iqtisodiy-ijtimoiy tomonlari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. 

Muhokamalar yakunida 2024-yil 24-yanvar kuni mazkur yo‘nalishni rivojlantirishni maqsad qilgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.