UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi vakillarini qabul qildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda issiqlik ta’minoti sohasida ikki tomonlama hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 2022-yil 6-iyunda KDHC korporatsiyasi bilan hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi. 

Uchrashuvda yutimizdagi 4 ta issiqlik ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish loyihasi hamda uni amalga oshirish yo‘l xaritasining ishlab chiqilishi, shuningdek,  joylarga chiqqan holda texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari uchun dastlabki o‘rganishlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga loyihaning iqtisodiy tomonlari, xususan, O‘zbekistonda Koreyaning xalqaro hamkorlik (KOICA) va Koreya savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish (KOTRA) agentliklari tomonidan  ajratilishi kutilayotgan grantlar masalasi haqida so‘z bordi.  

Sherzod Hidoyatov loyihani amalga oshirish muddatiga to‘xtalar ekan, belgilangan issiqlik korxonlarida modernizatsiya jarayonlari 2024-2027-yillarga mo‘ljallanishi lozimligini ta’kidladi. 

O‘zaro konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida KDHC vakillari Buxoro va Toshkent viloyatlari issiqlik korxonalarida texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki so‘rovnomalarni o‘tkazishi, shuningdek, mazkur jarayonga vazirlik mutaxassilari jalb etilishiga kelishib olindi.  

Hamkorlikdan kutilayotgan natijalar:

  • O‘zbekistonda joylashgan 4 ta issiqlik ta’minoti korxonalari va issiqlik ta’minoti tizimi Koreya tajribasi asosida modernizatsiya qilishga erishish;
  • mamlakatimiz issiqlik ta’minoti korxonalari mutaxassislarning Koreyada markazlashgan issiqlik ta’minoti va markazlashgan sovutish tizimlari faoliyati bilan tanishish orqali malakasini oshirish.