Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Mirobod tumanida bo‘lib, ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalar, qoidabuzarlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib bordi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Mirobod tumanida bo‘lib, ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalar, qoidabuzarlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib bordi.
Xususan, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati, katta yo‘lga qaragan qismida yigirmaga yaqin noqonuniy qurilmalar, shaharsozlik norma va qoidalarini qo‘pol buzish holatlari aniqlandi. Shu joyning o‘ziga tuman hokimi, shuningdek, mutasaddi tashkilotlardan mas’ullar chaqirtirilib, mavjud holat atroflicha o‘rganildi hamda bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.
Qolaversa, Gospitalniy mavzesidagi boshqaruv tashkilotlariga biriktirilmagan ko‘p qavatli uylarni BSK xizmat ko‘rsatuviga o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.