Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “Tatlift” kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “Tatlift” kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya bosh direktori Zagidullina Gulshat Albertovna kompaniyaning faoliyati, ishlab chiqarish quvvati va eksport geografiyasi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, “Tatlift” kompaniyasi 20 yillik tajribaga ega bo‘lib, yiliga 3 mingdan ortiq lift ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda kompaniyaning mahsulotlari Rossiya, Qirg‘iziston, Hindiston, Belarus kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Uchrashuv davomida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Respublikada yiliga 2 mingdan ortiq lift uskunalari o‘rnatilayotgani, aholining xavfsizligi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
Muhokamalar chog‘ida har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan savollar ko‘rib chiqildi. Yakunda kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.