UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida bugun siyosiy-ma’rifat soati bo'lib o'tdi

Tadbirda vazirlik markaziy apparati, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda jarayonda milliy liboslarda ishtirok etib, qadriyat va an'analarimizga bo'lgan hurmatni namoyon etdilar.

Mazkur tashabbus nafaqat xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda, balki ularning milliy qadriyatlarga ehtiromini mustahkamlash, milliy o‘zligimizni yanada chuqurroq anglash va targ‘ib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Tadbirda shuningdek, tashkilotning ichki qoidalariga amal qilish, davlat xizmatchisi imijini munosib saqlash masalalari muhokama qilindi. Huquqiy savodxonlik, jumladan, sohada qabul qilinayotgan yangi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati xususida tushuncha berildi. 

Sohada shaffoflikni oshirish, korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yo'nalishidagi dolzarb vazifalar ham muhokama qilindi. O'z vakolatini suiste'mol qilish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yish va har qanday korrupsion jinoyatlarni amalga oshirishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. 

Ta'kidlanganidek, davlat xizmatchisi har tomonlama atrofdagi insonlarga namuna bo'lishi, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shishi shart. 

Mazkur tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarida o'tkazib kelinmoqda.